Vohid Karimov qanday qilib (post serialari)

26 Oct 2023

Yaqinda kanalimda feedback so’radim. Juda foydali fikr muloxazalar bo’ldi. Hammalaringizga yana bir bor raxmat 🙂

Shu commentlar orasida bir so’rov bor ekan: “Menga siz tanlagan yo’ldagi road map qiziq, shuni bolisha olasizmi?” To’g’risimi aytsam odatda o’zimni dasturlash road mapimni bo’lishishni uncha yoqtirmayman chunki dasturlashni o’rganish va unda muaffaqiyatga erishish uchun faqat bitta yo’l yo’q — ko’plab yo’llar bor. Hamma har xil yo’lda effektiv o’rganadi va ishlaydi. Hammada kuchli va kuchsiz tomonlar bor.

Shunga qaramay, o’zimni dasturlash karyeram haqida batafsil yozishga qaror qildim. O’ylab ko’rsam buni foydasi bo’lsa bor, zarari yo’q (tepadagi gaplarni yodda tutsak bo’lgani). Quyidagi mavzular bo’yicha postlar seriyasi yozmoqchiman:

Vohid Karimov qanday qilib…

  1. dasturlash soxasiga kirib qolgan?
  2. dasturlashni o’rgangan?
  3. birinchi ishini topgan?
  4. frilansga yorib kirgan?
  5. magistraturaga harakat qilgan, lekin qovun quchoqlagan?
  6. yevropaga borib qolgan?
  7. Googlega kirib qolgan?

Umid qilaman sizlarga foydali va qiziqarli bo’ladi. Kettik!

O’zim uchun eslatma: Iloji boricha texnik nuqtayi nazardan yozaman: o’rgangan dasturlash tillar / dasturlash texnologiyalar / o’rganish strategiyalar / karyera qarorlari / vhk.

Next chapter »