Vohid Karimov qanday qilib magistraturaga harakat qilgan, lekin qovun quchoqlagan?
18 Nov 2023
2018-yilda universitetni bitirgach menda yagona maqsad bo’lgan - FAANG. Uni amalga oshirish uchun esa 3ta plan bo’lgan:
Plan A: Amerikada magistratura qilib o’sha yerda big techga harakat qilish.
Plan B: Kanadada magistratura qilib o’sha yerda big techga topshirish.
Plan C: Yevropaga ishga ketib o’sha yerdan big techga o’tib ketish.
Plan A. O’sha paytda ko’p tanishlarim Maharashi universitetiga ketishayotgan edi. Men ham Maharashidan offer oldim va visaga kirdim. Trump chuchvarani xom sanabsan dedi. Ha mayli “Maharashi universiteti nomi chiqmagan, undan ko’ra nufuzli universitetlarga topshiraman - visa berishadi” dedim.
Nufuzli Computer Science programmalar asosan bakalavrda olgan kurslaringizga va unda olgan baholaringizga qaraydi. Menda esa bakalavr Business Information Systems bo’lgan va undagi baholarim achinarli axvolda (IT ish bozorida hech kim baholaringizga qaramaydi, qayedan ham bilib o’tiribman magistraturaga topshirishda yaxshi baholar kerak bo’lishini).
Shu kamchiliklarni yopish uchun hattoki GRE ham olganman (yaxshi ko’rsatgichlar bilan), u ham uncha yordam bermadi. Bir nima qilib 3-4ta Amerika va Kanada universitetlariga offer oldim va visaga topshirish vaqti keldi. Covid chuchvarani xom sanabsan dedi. Pandemiya tufayli Amerika elchixonasi yopildi - Plan A’dan umid uzdim.
Plan B. Kanadadagi Dalhousie universitetida o’qish uchun student visaga topshirdim. 3-4 oy o’tgach undan ham rejection oldim. Plan B’dan ham umid uzdim.
Rejection olgan kunim negadir yuragim juda yorishib ketdi. Hozir o’ylab ko’rsam men aslida magistratura qilishni yurakdan xoxlamagan ekanman. Menga dasturlash va real proyektlar usitda ishlash ko’proq yoqadi.
‘Never give up’ degan gap bor bilsangiz. Shu gapga uncha qo’shilmayman. Bazida o’xshamagan yo’l uchun ko’p energiya sarflash ham yaramaydi. Maqsadga yetish uchun ko’p xolatlarda bir nechta yo’llar mavjud. ‘Sometimes give up and try another way’ degan shior hozir menga ko’proq yoqadi. Lesson learned :)
Shu tarzda qovun quchoqlab Plan C ortidan tushdim…