Vohid Karimov qanday qilib dasturlashni o’rgangan?
04 Nov 2023
Aytib o’tganimdek, mening birinchi dasturlash tilim java bo’lgan va uni Ivor Horton kitobidan o’rganganman. Hamma narsani ham noldan o’rganish qiyin bo’lgani kabi, Javani o’rganish boshida juda qiyin bo’lgan. Kitobda ishlatilgan terminlarni tushunmas edim va ko’p narsalarni google qilib o’rganish kerak bo’lgan. Kitobda bazi paragraflarni tushunish uchun 5-6 marta qayta o’qib chiqardim. Baxtimga, kitobda konseptlar batafsil tushuntirilgan edi.
Shu kitobdan dasturlash tilini asoslarini (conditionals, loops, data types, etc) o’rganganman. Shu bilim keyinchalik boshqa dasturlash tillarini o’rganishga asos bo’lib jarayonni ancha oson va tezlashtirgan.
Oz vaqt o’tgach, Sherali Obidov (Senior Software Engineer, Google) bilan tanishganman. U paytda Sherali aka dasturlashdan anchagina habarlari bor edi. Eng qizig’i, Sherali aka u paytda ukalari uchun English tutor qidirayotgan edilar. Men esa Programming tutor qidirayotgan edim. Shunday qilib, Sherali aka menga bepul dasturlashni o’rgatishni boshladilar va men esa bepul ukalariga ingliz tilini (win-win).
Sherali aka o’zlari juda ishtiyoqli odam va dasturlashda ham shundaylar. Menda ham dasturlashga qiziqish katta bo’lgan. Universitetda birinch kurs tugagach men Sherali aka yashayotgan kvartiraga ko’chib o’tganman. U yerda 4-5 kishi turardik va hamma dasturlashni katta “fanatlari” edi (bekorga hozir hammalari FAANGda ishlashmaydi)
Shu tarzda men dasturlashga sho’ng’ib ketdim…