Vohid Karimov qanday qilib birinchi ishini topgan?
05 Nov 2023
Javani asoslarini (conditionals, loops, data types, collections, OOP, file handling, error handling, vhk) o’rganib bo’ lib unda biror foydali application qilish maqsadida Java Servlets/JSP va web texnologiyalarini (HTML, CSS, JS) o’rganganman. Bir-ikki pet proyektlar ham qilganman. Afsuski, o’sha paytda Java bilan internship topish oson emas edi. Asosan katta enterprise applar Java ustiga qurilar edi (hozir ham shunday, adashmasam).
Keyin, internshipga kirish maqsadida PHP o’rganganman. Javani yaxshi bilganim uchun PHPni o’rganish qiyin bo’lmagan. Plus, PHP uncha ‘injiq’ til emas - dollar bilan strelkani bersangiz xursand :)
Birinchi ishim (internship) Algoritm Consulting kompaniyasida bo’lgan va 300 ming so’m oylik berishgan (2015-yil). Ishni topish ancha oson bo’lgan. Usha paytdagi kvartiradoshim **Bakhodir Boydedayev ** (Software Engineer, Microsoft) tavsiyasi bilan meni interviewga chaqirishgan. Power of referrals!
Interviewlardan yaxshi o’tganman va meni ishga olishgan. Kompaniya direktoriga tekinga ishlashga tayyorman deganman, lekin u odam menga hech bo’lmasa yo’l kira + abedga deb baribir oylik bergan #respect.
Kompaniyada 2 turdagi proyketlar bo’lar edi. Java ustiga qurilgan katta ERP sistema (o’zimizni produkt) va PHPda yozilgan kichik proyektlar (tashqaridan buyurtmalar). Men asosan PHP + HTML/CSS/JS bilan ishlar edim va bazi-bazida ERPda ham Java kod yozganman. Internship davomida juda ko’p kod yozganman va ancha o’sganman.
Shu tarzda echo “Hello, world!” qilib davom etganman…