Vohid Karimov qanday qilib Googlega kirib qolgan?
11 Jan 2024
Swisscom kompaniyasi o’z ishchilarini qo’llab-quvatlaydigan yaxshi kompaniya bo’lib chiqdi. Visa, kvartira topish, va Gollandiyaga joylashish jarayonlarida ko’p yordam berdi. Amsterdam Schiphol airportida meni kutib olib yangi uyimgacha oborib qo’ygani taxi ham tashkil qilishdi. Hozirgacha eslayman taxist “Omading bor ekan, bugun kechga airportni yopib katta karantin e’lon qilinadi, vaqtida kelibsan” degan edi.
Rostdan ham tom ma’noda hamma yoq usha kuni yopildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men yana online ishlashni boshladim 😅 Bu safar kvartiraga 1000 yevro va Yevropa soliqlarini to’lagan xolda, O’zbekistonda ko’proq moash olayotgandim. Ha mayli, gap pulda emas, gap karyerada (va kattaroq pulda 😜)
Karantin hamma qatori menga ham juda kooooo’p bo’sh vaqt berdi. Kimdir bu vaqtni netflix & chill, kimdir sport, va kimdir sport eating bilan sarflagan bo’lsa, men 300ta leetcode masala va 60ta mock interview qildim va 5-6 FAANG kompaniyalariga topshirdim. Natija esa:
Uber, Netherlands ✅
Amazon, Netherlands ✅
Google, Germany ✅
Facebook, UK ✅
Roppa-rosa Swisscom bilan 1 yil ishlagach managerimga va komandamga Googlega ketayotganimni aytim. Hafa bo’lishdi, lekin tushunishdi 🫡
Shunday qilib 2022-yilni Fevralida mit Karte bitte deb Munichga ko’chib o’tdim va Googledagi karyeramni boshladim 🙂
P.s. Interviewga tayyorlanish jarayoni va foydali resurslar haqida bu blog postimda batafsil yozganman.