Vohid Karimov qanday qilib dasturlash soxasiga kirib qolgan?
27 Oct 2023
2014 yilda Westminsterda o’qishni boshlaganman. Dasturlash olami haqida umuman tushunchaga ega emas edim. To’g’ri, maktabda informatika darslarida qandaydir Pascal va HTML kod yozganman. Lekin uni ahamiyatini hamma qatori tushunmaganman.
Universitetdan avval 2 yil qattiq ingliz tili va matematika o’rganganman. 24/7. Umuman vaqtimni waste qilmas edim va bu narsa menga katta odat bo’lib qolgan edi. Afsuski, universitetda bunday muhit yo’q edi. Qo’pol qilib aytganda 1-kurs o’qishi men uchun ‘joke’ edi. Darslarda va leksiyalarda mavzular yuzaki o’rgatilar edi. Kurs ishlari va imtixonlar ham uncha qiyin emas edi. Xullas, bo’sh vaqt ko’p ammo qiladigan foydali ish yo’q.
O’sha paytda yoqotxonadagi xonadoshim java o’rganayotgan edi. O’zi java nimaligini tushunmasdan men ham uni o’rganishga qaror qildim. Xonadoshimni 15cm qalinlikdagi Ivor Horton’s Beginning Java kitobi bo’lardi. U ishlatmaganda men ishlatar edim. Yana, menda kod yozgani computer yo’q edi. Opamda esa bor edi va u ishlatmaganda men ishlatar edim.
Shunday tarzda, System.out.println(“Hello, world!”)
qilib dasturlashni boshlaganman…