Vohid Karimov qanday qilib Yevropaga borib qolgan?
09 Jan 2024
Amerikaga va Kanadaga o’qish (Plan A va B) uchun visa ololmaganimda keyin Plan C, Yevropaga non-FAANG kompaniyaga topshirib keyin FAANGga o’tib ketishni niyat qildim.
Baxtimga Linkedindan bir recruiting agentligi chiqib meni interviewga taklif qilishdi. Ular uchun meni backgroundim 100% match bo’ldi — backend uchun Spring, frontend uchun Angular tajribasi bo’lgan Fullstack dasturchisi. Interviewlardan muvaffaqiyatli o’tib Swisscom kompaniyasidan job offer oldim. Interviewlardan yaxshi o’tganimni sababi undan oldin boshqa kompaniyalar (EPAM, Toptal, va hokazo) bilan interview qilib yaxshigina mashq qilib olganim bo’lgan.
Pandemiya va yopiq chegaralar tufayli men bilan vaqtincha remote contract tuzishdi. Yevropa oyligi yevropa soliqlarisiz bu albatta zo’r taklif edi. Lekin ish boshlashimga 2-3 hafta qolganda chegaralar ochilib relokatsiya uchun imkoniyat ochildi. Frilansdan zerikkan va offline jamoa muhitini qumsagan men ikki o’ylamay visaga topshirish jarayonini boshlab yubordim.
Istanbulda Gollandiya ishchi visasi uchun interviewga kirdim. Interviewda mendan bitta savol so’rashdi:
— Why are you going to Netherlands?
Men esa bitta so’z bilan javob berdim
— Work.
Bir haftadan keyin visa berishdi. Amerika visa interviewlarida o’zingizni jinoyatchi va qallobdek his qilib chiqganingizdan keyin bu albatta sizi hursand qilar ekan.
Shunday qilib 2020 yilda Rotterdam shaxriga bir taraflama bilet olib uchib keldim…