Vohid Karimov qanday qilib frilansga yorib kirgan?
12 Nov 2023
Algoritm Consulting kompaniyasida 6 oy internship qilib Recruitly startupiga asosiy dasturchi sifatida ishlashni boshladim. Menga shu proyektni noldan qurish topshirilgan edi. Proyektni ham backend ham frontend qismini o’zim yozib chiqdim. Backend uchun PHP Yii frameworkini ishlatdim, database uchun MySQL va frontend uchun esa Angular.js web frameworkini ishlatdim. Proyektni qurish jarayonida shu texnologiyalarni chuqur o’rganib va ishda qo’llab ancha tajriba oldim. Proyektni noldan qurish imkoniyati har doim ham bo’lavermaydi. Bu o’zimdagi dasturlashga bo’lgan ishonchni oshirishda va keyinchalik kattaroq ishlarga qo’l urishimga yordam berdi.
Oz vaqt o’tib 2017-yilda Sherali aka ishlayotgan Shvedsiyalik KeyPlan Solution kompaniyasiga remote fullstack dasturchisi sifatida ishlashni boshladim (power of networking). U yerda ham asosiy stack PHP, Yii, MySQL va Angular.js edi.
Texnik taraflama o’sishdan tashqari, bu kompaniyada men samarali muloqotni, jamoaviy ishlashni (team player), va eng asosiysi mustaqil ish yurutishni o’rgandim (zero hand-holding). Kompaniyani Shved CEOlari texnik tushunchaga ega bo’lmagani sababli va biz dasturchilar va ular orasida Technical Product Manager bo’lmaganligi uchun, bizga feature requirementlar noaniq, tushunarsiz, va mujmal kelar edi: “Can we do this?”, “Can we do that in 2 weeks?”, “Our app is not working”. Boshida qiyin bo’lgan bo’lsada men shu muhitda ishlashni o’rgandim.
Noaniq, tushunarsiz, va mujmal. Bilasizmi aslida shunday muhitda kimlar ishlaydi? Frilanserlar. Rasmiy ravishda frilansni keyinroq 2020-yilda Toptalda boshlagan bo’lsam ham, hozir o’ylab ko’rsam frilans ishini undan oldin ham qilayotgan ekanman. Toptal frilans networkiga kirish jarayoniga qiziqsangiz batafsil yozilgan maqolamni o’qishingiz mumkin.
Shu tarzda “Yes, we can do it”, “No, we can’t do that in 2 weeks”, “What exactly is not working?” deb frilansing qilishni davom etdim…