Principle #5: O'z ishingizni boshqaring.
29 Jan 2024
Android Autoda ish boshlaganimda meetinglar men uchun juda qiyin bo’lgan. Ayniqsa daily standuplar. Hamma bir kun oldin qilgan ishini pistaletdek aytib tashlardi. Paw-paw-paw! Men esa kecha nima ovqat yeganimni eslolmasdim va bekor yurganga uxshab ko’rinib qolardim [imposter syndrome intensifies].
Keyin 1-2 hamkasbimdan so’rasam ular har kunlik qilgan ishlarini yozib yurar ekan 😮 Nafaqat kunlik ishlarini balki:
— potential work items
— 1:1 meeting notes
— feature progress notes
— va hkzlarni ham yozib yurishar ekan 🤯
Nega bunday qilishadi? Context offloading! Kompyuterdan faqrli o’laroq bizning miyyamiz kuchi cheklangan va bir paytda ko’p malumotni ushlab turolmaymiz. Bir task haqida malumotni dokumentga yuklab miyyamizni boshqa tasklar uchun bo’shatamiz.
Kerak bo’lganda shu dokumentlardan foydalanib ishimizni davom ettiramiz, ishimiz haqida hisobot beramiz, kelajakka planlar tuzamiz, meetinglarni paw-paw-paw qilamiz va eng muhimi bo’sh kalla bilan kechqurun yaxshiroq uxlaymiz. Shu orqali dasturchi sifatida unumdorligimiz oshadi va karyeramiz oldinlaydi 🚀
Tepada aytganlarim project managementga juda o’xshab ketadi chunki bu rostdan ham project management. Aniqrog’i — shaxsiy project management 😎