Principle #4: Yaxshi yozishni o’rganing.

28 Jan 2024

« Previous chapter

Karyeramiz davomida savol so’raymiz, javob beramiz, code comment yozamiz, dokumentatsiya ustida ishlaymiz, code reviewda qatnashamiz, rezume tayyorlaymiz, design doc yozamiz, bloglar yozamiz, va hkz. Ko’rib turganimizdek juda ko’p yozamiz. Yozish qobilyati karyeramiz o’sishi uchun juda muhim bo’lgan elementlaridan biri xisoblanadi.

Googleda yozgan birinchi design docimni eslayman. Review uchun komandaga jo’natganimda bir qancha comment berishgan. Commentlarni hammasi hurmat bilan konstruktiv yozilgan bo’lsada men ularni o’qib yozish qobilyatim juda pastligini tushunib yetganman. Bunday emotional damagedan keyin yozish ustida ancha ishladim.

Googleda har yil ohirida hamkasblaringizdan peer feedback olsangiz bo’ladi. Men ham yaqinda bir hamkasbdan feedback oldim:
— Vohid, barakalla! Yaxshi design doclar yozyapsan.
— Rostan-a?
— Ha, albatta. Birinchi yozgan design docingni eslaysanmi?

Ravon, aniq, va qisqa yozishni o’rganing — siz yutasiz 🏆😎

Next chapter »