Principle #6: O’z o’qishingizni boshqaring.
01 Feb 2024
Meni hayotimga katta ta’sir qilgan joy bu mening ingliz tili kursim bo’lgan (a.k.a. dombit). 1.5 yil davomida men u yerda quyidagi tushunchalarni o’rgandim: (a) vaqtni bekorga sarflamaslik kerak (b) hech kim mendan qarzdor emas va (c) o’rganish bu tugalmas jarayon. Jahongir Rahmonov (Amazon), Farruh Habibullayev (Google), va Sherali Obidov (Google) akalar ham o’sha yerda o’qib chiqishgan.
Baxtimga boshqa kasblardan farqli o’laroq dasturlash bu muntazam o’rganish jarayoni bo’lib chiqdi va tepadagi mindset
ancha yordam berdi. Karyeramiz o’sishi uchun biz har doim o’z ustimizda ishlayotgan bo’lishimiz kerak. O’rganishni (
kuniga 5 minut bo’lsada) kunlik hayotingizni bir qismiga aylantiring:
— sohangiz bo’yicha texnik kitoblar o’qing
— sizga qiziq bo’lgan yangi texnologiyalarni o’rganing
— pet projectlar qiling
— open sourcega hissa qo’shing
— study grouplarga a’zo bo’ling
— seminar/webinarlarga qatnashing
— mentor toping / mentorlik qiling
— va hkz
Eng asosiysi maqsad bilan o’rganing va siz yutasiz 🙂