Principle #3: Tashabbus ko’rsating
27 Jan 2024
Ko’p dasturchilar orasida noto’g’ri tushuncha bor: proyektda “kattalar” bor va ular bizga nima qilishni aytishadi chunki hamma narsani bilishadi. Bir sirni aytaman, hech kim nima qilayotganini 100% bilmaydi. Siz kabi o’sha “kattalar” ham ularda bor malumotga tayanib qaror qilishadi.
Shunday ekan, sizga nima qilishni aytishlarini kutmang. Kompaniyangiz va komandangiz maqsadlariga ko’zingizni kattaroq oching, so’rang/surushtiring, va tashabbus ko’rsating. Menejer va team leadlarga bu juda yoqadi chunki siz ularni ishini yengil qilyapsiz va ko’proq masuliyat olyapsiz.
Googleda shunday gap bor: Keyingi level promotionini olish uchun, keyingli levelda ijro etish kerak. Yani, sizga senior lavozimi berilishi uchun siz mid-level lavozimida seniordek ishlashingiz kerak. Tashabbus ko’rsatib mustaqil ish oborish esa keyingi levelda ishlash degani.
Albatta tashabbus ko’rsatish bu quruq gap emas. Uni qilaylik buni qilaylik bilan ish bitmaydi. Bu qattiq mehnat — ko’tti qo’yib o’sha ishni qilish kerak! 🍑🪑🚀