Principle #2: To’siqlarga rozi bo’lmang.
26 Jan 2024
Kunlik ish jarayonida juda ko’p to’siqlarga duch kelamiz: frontend uchun backend tayyor emas, backend uchun frontend tayyor emas, biror applicationni ochsangiz update so’raydi, hamkasblar/mijozlar bilan har xil timezoneda ishlasangiz siz savol yozganingizda ular uxlayotga ular javob yozganda siz uxlayotgan, proyektni build bo’lishini ko’p vaqt oladi, PR submit qilgani approval kerak, va hkz. Shunday kunlik to’siqlarga rozi bo’lsangiz ishingiz jilmaydi.
Yo’lingizni ochishni o’rganishingiz kerak:
— Backend tayyor emas? Datani mock qiling
— Frontend tayyor emas? Postman ishlating
— Update so’rayaptimi? Bermang, kun ohirida qiling
— Timezone farqi? Savollarni oldinroq so’rang
— Build qilish kuttiryaptimi? Tezlatish yo’llarini toping
— PR approval kutyapsizmi? Kutmang, boshqa taskga o’ting
— va hkz
Shundagina bir ishingiz ikki bo’ladi, kunning ohirida o’zingizdan mamnun bo’lasiz, va karyerangiz oldinlaydi 🚀