Principle #8: Faol aloqada bo'ling.

04 Feb 2024

« Previous chapter

Hammamiz yaxshi bilamiz biz dasturchilarga nisbatan stereotype bor. Ko’pchilik bizni introvert deb biladi. Fotunately or unfoturantely, bunda oz-moz haqiqat bor. Biz rostdan ham kam gapmiz. Chunki biz bullshit qilishni va small talkni yoqtirmaymiz. Bu shubhasiz yaxshi xislatlar.

Lekin men bilgan pro dasturchilar introvert’liglariga qaramay ish borasida muloqot qilishni o’z o’rniga qo’yishadi:
— standupda ochiq oydin progress update berishadi
— deadline uchun kechikayotgan bo’lishsa o’z vaqtida habar berishadi
— to’siqlarga uchragan bo’lsalar komandaga habar berib yordam olishadi
— tatilga chiqib ketishdan oldin hammani habardor qilishadi
— o’rgangan bilimlarini komanda bilan ulashishadi
— hamkasblar bilan muntazam muloqotda bo’lishadi (1:1 meetings)
— munozaralarda o’z fikrlarini jarang ammo oqilona bildirishadi

Qisqa qilib aytganda savol so’ragani o’rin qoldirishmaydi. Chunki faol aloqada bo’lish komanda unumdorligi uchun muhimligini yaxshi tushunishadi.

Bunday dasturchilar sanoqli, ko’zga tez tashlanishadi va hamma ular bilan ishlashni xoxlaydi 🙂 Siz ham shunday professional bo’lishga intiling 😎

Next chapter »