Principle #7: Qurollaringizni chuqur biling.

02 Feb 2024

« Previous chapter

Dasturchi sifatida bizning unumdorligimiz qurollarimiz unumdorligiga bog’liq. Qurollarimiz unumdorligi esa biz ularni qanchalik yaxshi bilishimizga bog’liq.

Qanday qurollar haqida gap ketyapti? Kunlik ishimiz uchun kerak bo’ladigan har qanday narsa bu bizning qurolimiz: dasturlash tili, library/framework, operating system, VCS, debugger, editor/IDE, browser, va hkz.

Masalan, unix commandalarni chuqur o’rganing, git commit/pull/push komandalari bilan chegaralanmang, frontend uchun Chrome DevToolsni uyog’idan kirib buyog’idan chiqadigan bo’ling, database uchun ‘explain’ query ishlatishni biling, va sevimli editoringiz shortcutlarini aktiv ishlating.

Tepadagi qobilyatlar sizni 10x dasturchisiga aylantiradi 🥷

Next chapter »