Dam olishni bilmaysimi?

16 Feb 2024

stressed-John

Dam olishni bilmaysimi?

Afsuski oramizda ko’pchilik to’g’ri dam olishni bilmaydi. Ishdan uyga qaytsakda miyamiz ofisda qolib ketadi. Dam olish kunlari kompyuterimizni birrovga tekshirib qo’yamiz. Kerak bo’lmasada kompyuterimizni o’zimiz bilan har joyga olib boramiz. Just in case deymiz.

Dasturlash soxasida uzoqqa bormoqchi bo’lsangiz bu narsa yaramaydi. To’g’ri dam olishni o’rganishingiz kerak. Hop, to’g’ri dam olish qanday bo’ladi? Qisqa qilib aytganda, siz shunday dam olishingiz kerakki siz ishni sog’inishingiz kerak. Ishga g’ayrat bilan qaytishingiz kerak.

Bu esa sizdan dam davomida ishdan butunlay uzulishni talab qiladi. Unuting ishni — u hech qachon tugamaydi. Iloji boricha kompyuteringnizni ochmang va sayohatga chiqqanda o’zingiz bilan olib kelmang. Dam olishni ko’proq jismoniy ishlar bilan uydan tashqarida o’tkazing.

Bo’lmasa oqibati burnout. Menga ishoning, burnout bo’lishni xoxlamaysiz 🙂

Tepadagi John akaga o’xshab qolmang, o’zingizni ehtiyot qiling 🫡