Google va boshqa tech gigantlar qachon O’zbekistonga keladi?

11 Feb 2024

Shu mavzu bo’yicha Darhonbek bilan gaplashib qolgandik. Darhonbek bu haqida Uberdan so’rab ko’rgan ekan va aytishlaricha yangi davlat/shaharda engineering ofis ochishi uchun quyidagi talablarni qondirishi kerak ekan:

Strong site lead. Site lead masuliyatlari katta: office space management, legal, regulations, community, va hkz. Bunday odamlarni topish juda qiyin. Masalan, EPAM Toshkentga kelishida Renat Akhtyamov’ning ro’li katta bo’lgan.

Talent pool. Katta miqdordagi kuchli professionallar mavjudligi. O’zbekistonda kuchli dasturchilar ko’payishi bu talabni qondiradi.

Development cycle. Yangi ofis bir malum produktni butunlay o’z qo’liga ola olishi kerak. Shu orqali ish bir timezoneda bo’ladi. Agar produkt ham Toshkentda ham San Fransiscoda bo’ladigan bo’lsa, 12 soat vaqt farqi bilan ishlash samarasiz bo’ladi.

Siz qanday yordam bera olasiz? Albatta o’z ustingizda qattiq ishlab Talent Pool’ga hissa qo’shgan xolda 🚀