Dasturlashni chuqur o'rganing

13 Feb 2024

learn-basics

Ko’p dasturchilar framework/library o’rganishga ko’p vaqt sarflashadi. O’zim ham bir paytlar framework/library shinavandasi bo’lganman. Agar vaqt orqaga qaytib qolganida ko’proq dasturlash tilini o’ziga urg’u bergan bo’lardim.

Framework/library o’rganish albatta muhim. Ular ishimizni oson qiladi va bizni “superman”ga aylantiradi — kam kod bilan ko’p ishni qilib yuborsa bo’ladi. Shuning uchun ham juniorlar ularni sevishadi.

Lekin yozayotgan high-level kodimiz tagida nima bo’layotganini tushunmasak bug chiqqanda chuqur kirib uni tuzatishga qiynalamiz. Yana, framework ostidagi tilni puxta bilmasak uni extend/customize qila olmaysiz. Yetarlicha complex proyekt qilsangiz customization albatta kerak bo’ladi.

Ha aytgancha, JSni chuqur o’rganish uchun You Don’t Know JS kitobini tavsiya qilaman.