Principle #9: Collaboration qilishni o'rganing.
07 Feb 2024
FAANG darajasidagi kompaniyalarda odatda bir product ustida bir nechta komanda ishlaydi. Masalan, mening komandam Android Auto ostida mavjud bo’lgan komandalardan biri hisoblanadi. Scale katta. Shuning uchun ham oddiy dasturchi sifatida sizning qilayotgan ishingiz impacti butun product darajasida bo’layotgan ishlar oldida juda kichik ko’rinadi.
Shuning uchun ham non-Googler dasturchi o’rtoqlarim “Vohid, Googleda ish qaley ketyapti? Button rangini o’zgartirib yuribsanmi?” deb hazillashishadi. Men esa “choy damlash qo’limdan keladi xolos” deyman 😁
Hop, qanday qilib shunday katta kompaniyalarda button rangini o’zgartirishdan ortiqroq impact qilsa bo’ladi?
Javob: Collaboration💡 Katta impactga ega ishlar kam xolatda bir komanda ichida bo’ladi. Katta impactga ega bo’lgan ishlarni qilish komandangizdan tashqaridagi odamlar bilan yaxshi aloqada bo’lib get-shit-done qobiliyatini talab qiladi.