Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun zarar?
14 Jan 2024
Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun zarar?
Tez-tez: 6-12 oyda bir
Loyiha bilimi. Har bir loyihaning o’zini bilimi bo’ladi: domain knowledge, codebase, project architecture, CI/CD, va hkz. Bu narsalarni o’rgangani vaqt/energiya ketadi. Ayniqsa ishning birinchi 6 oyida. Siz ishingizni tez o’zgartiraversangiz, ko’p vaqtingiz loyiha bilimini o’rganishga ketib qoladi.
Rezume. 12 oydan kam davom etgan o’tmish ishlaringiz rezumeingizda hunuk ko’rinadi va sizni qarorsiz/ishonchsiz deb ko’rsatadi.
Portfolio. Proyektni tez o’zgartirganingiz uchun sizda baquvvat loyihalar portfoliosi hosil bo’lmaydi.
Network. Odamlar bilan kuchli munosabatlar qurishga 6 oydan ko’proq vaqt kerak. Sizda shunday odamlar bo’lmaydi.
Referral. Tez sakrayversangiz odamlar sizni ishlarga tavsiya qilishmaydi.