Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun foydali?
13 Jan 2024
Nega ish joyingizni tez-tez almashtirish karyerangiz uchun foydali?
Tez-tez: 2-3 yilda bir
Karyera o’sishi. Agar komandangizda allaqachon senior yoki lead odamlar bo’lsa siz uchun imkoniyatlar cheklangan bo’lishi mumkin. Sizga kattaroq challengelar va masuliyatlar bera oladigan komandaga o’tishni tavsiya qilaman.
Oylik o’sishi. Bizga yoqadimi yo’qmi, oylikni oshirishni eng samarali yo’llaridan biri bu boshqa kompaniyaga o’tish. FAANG kompaniyalarida ham oyligingiz yildan-yilga sezilarli miqdorda o’smaydi (ko’proq kompaniya aksiyalaridan berishi mumkin).
Kuchliroq mentorlar. “You are an average of your close five friends” deyishadi. Agar siz har doim o’zingiz ustingizda ishlayotgan bo’lsangiz sizga mentorlik qila oladiganlar 2-3 yilda qolmaydi, ularni darajasiga yetib olasiz. Yanada kuchli yoki boshqa soha mutahassislari bilan ishlash foydali bo’ladi.
Maroqli ish. 2-3 yil oralig’ida ko’pchilik loyihalar yetiladi va sekin-sekin maintenance rejimiga tushadi. Shu sababli vaqt o’tishi bilan sizga boshida juda qiziq bo’lgan proyekt endi uncha qiziq bo’lmay qoladi chunki undagi ko’p muammolarni yechib bo’ldingiz. Sizga yangi proyektlar va yangi muammolar kerak.