Onboarding 101
20 Nov 2023
Yangi kompaniyaga qo’shildingiz yoki yangi komandaga o’tdingiz. Hali ko’p narsani bilmaysiz, to’liq oyoqqa ko’tarilib olginingizgacha kamida 1-2 oy ketadi. Shu vaqt davomida proyektga uncha xissa qo’sha olmaysiz. To’g’rimi?
Noto’g’ri, albatta mazmunli xissa qo’sha olasiz.
O’zini xurmat qilgan kompaniyalarda yangi qo’shilganlarni ishini oson va tez qilish uchun onboarding dokumentlari mavjud bo’ladi. Bu dokumentlar proyekt setup qilish, sistemalarga access olish, analytics dashboardlardan foydalanish, CI/CD pipeline, proyekt arxitekturasi va hokazo malumotlari yozib qo’yiladi.
Odatda bunday dokumentlar juda tez es kiradi. Chunki linklar buziladi, CI/CD o’zgaradi, proyekt arxitekturasi o’sadi va hokazo. Siz onboardingdan o’tish jarayonida bu ‘eskirishlarni’ birinchi qo’l ko’rasiz. Bu esa proyektga hissa qo’shish uchun sizga zo’r imkoniyat.
Onboarding jarayonida quyidagi malumotlarni yozib boring:
- Dokumentlarda xatoliklar bormi? (imlo xatolarga ham etibor bering)
- Nimalar kerak bo’ldi lekin yozib qo’yilmagan?
- Buzilgan linklar bormi?
- Onboardingda nima qiyin bo’ldi? Buni kelajakda qo’shiladiganlar uchun osonlashtirsa bo’ladimi?
va shu o’zgarishlardan bitta Pull Request yaratib team leadga review uchun jo’nating. Bunday tashabbuskorlik har doim hamma yerda xurmat qilinadi va siz kompaniyaga boshidanoq hissa qo’shayotganingiz o’zingizni ham xursand qiladi.
Agar kompaniyada bunday dokumentlar hali yozib qo’yilmagan bo’lsa, undanda yaxshi - bu sizga yanada katta imkoniyat. Siz shu dokumentlarni yozib qo’ying. Sizdan keyin qo’shilgan hamkasblarni ishini oson qilgan bo’lasiz. Bunday tashabbuskorlikga ega professionallarni ‘force multiplier’ deyishadi.
Force multiplier bo’ling 😎