Salom legacy code
08 Oct 2023
Yaqinda Google o’zini Pixel 8 va Pixel 8 Pro telefonlarini ommaga taqdim etdi. Bundagi eng zo’r “feature” bu 7 yillik software support bo’ldi. Bu degani Pixel 8 telefonini sotib olsangiz 7 yilgacha software updatelar orqali telefoningizga bug fixlar, security patchlar, va yangi featurelar kelib turadi.
Bu albatta iste’molchilar uchun juda zo’r. Hech qaysi smartphone hozirgacha 7 yil support bermagan. Bu bilan sizning telefoningiz sekinroq eskiradi va to’lagan pulingizga ko’proq qiymat olgan bo’lasiz.
Lekin bunday vada osonlik bilan bajarilmaydi. Pixel uchun yoziladigan Operating System codebaseida ishlash yillar o’tgani sari sekinlashadi va ko’proq resurslar talab qiladi. Nega?
Tasavur qiling 7 yil o’tdi. Shu vaqt davomida Google quyidagi telefonlarni chiqardi va ommaga sotdi: Pixel 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14. Endi har bir yoziladigan kod va qo’shiladigan featurelar shu modellarda to’g’ri ishlashi kerak. Buni taminlash esa ko’p mehnat talab qiladi.
Hello, my name is Legacy Code. Nice to meet you!