Ehh oldinroq velosiped olsam bo’larkan.
01 Oct 2023
60 kun oldin velik olishga qaror qildim va bu zo’r qaror bo’lib chiqdi.
Hayotimda nimalar o’zgardi?
— Shaxarni ancha o’rganib oldim. Biladigan hamma joylarimni (uy, ish, shaxar markazi, sevimli restaurantlarim, va hokazo) bir biriga bog’lab mental map paydo qildim. Google Mapsga bog’lanib qolgan ekanman. Hozir telefonimsiz ham chiqib ketaveraman.
— Ertalab ishga velosipedda 30 minut yurganim uchun tabiy uyg’onyapman(oldin 11gacha uyqisirab yurardim yoki qora choy ichardim)
— Kayfiyat ancha yaxshi. Ayniqsa, velik minayotganimda quloqqa musiqa shirali kiradi.
— Jismoniy ancha tetikman va kunlik energiyam ko’proq.
— Qornim ancha kirgan. Six pack bo’lmasa ham, hozircha “flat pack”
— Screen time kamaygan (velosipedda telefonga qaramaymanku)
— Yaxshiroq kod yozyapman.
Vohid, sen bizga velosiped ishlatishni maslahat beryapsanmi?
— Ha.
Vohid, rostiga velik minganingdan beri yaxshiroq kod yozyapsanmi?
— Haha yo’q, hazil edi. Xali ham rasvo kod yozyapman 😁