30 kun kofesiz hayot
01 Oct 2023
Ohirgi 30 kun men bir juda havfli experiment o’tkazdim — umuman kofe ichmadim.
Bilaman, bilaman, hozir ko’pchiliklaringiz “Eee Vohid, nimalar qilyapsan? Axir bu dasturchi hayoti uchun havfli, Googledan ham haydalib ketishing mumkin edi kod ishlab chiqarolmay!” deyayotgan bo’lsangiz kerak.
Xavotirlanmanglar, hammasi joyida, ishdan ham haydashmadi (xali).
Behazil… bu experimentdan asosiy sabab mental sog’likni yaxshilash edi. Mental sog’lik uchun asosiy komponentlardan bir bu yaxshi uyqu xisoblanadi. Menda u yaxshi emas edi.
30 kun kofesiz quyidagi o’zgarishlarni o’zimda payqadim:
— kamida 7 soat chuqur uyqu va ko’p tushlar (aniq bilmayman bu yaxshi yoki yomon)
— uxlab qolish tez (30 minut ichida qotaman)
— butun kunim o’rta darajada samarali o’tadi, oldin faqat kofe tasiri ostida samarali ish qila olar edim
— ishdan keyin biror boshqa mental ishga energiyam va motivatsiyam oshdi
— emotsiyalar/kayfiyatlar ancha barqaror va kontrol ostida
Vohid, sen bizga kofe ichmaslikni maslahat beryapsanmi?
— Yo’q, men shunchaki experimentim natijasini yozyapman.
Vohid, endi kofe ichmaysanmi?
— Yo’q, menga kofe juda yoqadi. Keyinchalik baribir ichsam kerak, hozircha qora choy (unda ham anchagina kofein bor) bilan chegaralanib turibman.
Eee Vohid, men senga kofe obermoqchidim. Endi nima qilaman?
— Hali ham olib bersangiz bo’ladi: buymeacoffee.com/vovopapcom 😉