Qo’shimcha ko’zlar
27 Sep 2023
Magistraturaga o’qishga topshiryapsiz. Personal statement inshosini yozishingiz kerak. Juda muhim dokument. Siz uni haftalab yozib chiqdingiz: birinchi versiya, ikkinchi versiya, va hokazo. Ohiri yakuniy variantni tugatdingiz. Topshirishdan oldin 10-15 marta qayta-qayta oq’ib xatoliklarni tekshirib chiqdingiz. Submit tugmasini bosdingiz. Huh, vanihoyat topshirdiz!
1-2 kun o’tgach inshoingizga yana ko’zingiz tushadi. Qarabsizki, juda bir xunuk xato yuzingizga termilib turibdi. Asab 📈
Shuncha tekshirib ham qanday o’tkazib yuborish mumkin?
Sabab: sizda faqat 1ta kalla 🧠 va 2ta ko’z 👀 bor xolos. 1ta kalla va 2ta ko’z ko’pincha malum bir narsalarni ko’rmaydi. Qayta-qayta ishga solsangiz ham.
Shuning uchun muhim ishni ustida ishlayotganda har doim qo’shimcha ko’zlardan foydalaning. U odam aqlli yoki ekspert bo’lishi shart emas. Sizdan o’zga odam bo’lsa yetarli. O’zini o’zgacha perspektivi bilan siz ko’rmayotgan xatoni topib beradi.
Men shaxsan quyidagi xolatlarda qo’shimcha ko’zlardan foydalanaman:
— va hokazo
Fun fact: Google internal codebasega kirayotgan kodni kamida 2 kishi (siz va yana biror kishi) ko’zdan o’tkazgan bo’lishi kerak.