Feedback olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
07 Aug 2023
Borma kuyasan! borma kuyas! Ana kuyding.
Yaqinda managerim uchun feedback yozishim kerak bo’ldi. Oson bo’lmadi 😐 Meni fikrimcha, konstruktiv feedback berish eng qiyin ishlardan biri bo’lsa kerak. Siz hurmat va havas qilgan ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan insonlar ham bu soxada qiynalishadi.
Nega? Chunki:
— har bir odam feedbackni har xil qabul qiladi
Nima bo’lganda ham, feedback muxum narsa. Pechkani ushlaganingizda tanangiz og’riq orqali feedback bergani kabi, har birimiz professional va inson sifatida o’sishimiz uchun atrofimizdagi odamlardan feedback olib uni ustida ishlashimiz kerak.
Hop, feedback olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Ask for it!
80% xolatlarda o’zingiz so’ramasangiz hech kim sizga feedback bermaydi (tepadagi sabablarga ko’ra). Biror kishi sizga feedback berishidan oldin, o’rtalaringdagi munosabat yaxshi bo’lishi kerak va u odam sizni feedback uchun ochiqligingizni bilishi kerak. Shunday ekan, team leader yoki boshqa sizdan tajribali odamlardan quyidagicha feedback so’rasangiz bo’ladi:
— O’zimni ustimda ishlash uchun qanday maslahatlar bera olasiz?
Don’t tell me I suck, tell me how I suck so I can work on it and rock!
Ko’pchilik yaxshi feedback berishni bilmaydi va sizga noaniq gaplar aytishi mumkin. Maslan: “Sizni ishingizdan qoniqmayapmiz, yaxshiroq harakat qiling”). Bunday feedbackdan keyin uyga borib yeg’lasa bo’ladi xolos, buni ustida ishlab bo’lmaydi. Sizga actionable feedback kerak. Shunday xolatlarda ko’proq informatsiya so’rang. Masalan: “Aynan nimalar sizni qoniqtirmayapti? Qanday qilib shuni yaxshiroq qilsam bo’ladi deb o’ylaysiz?”
Use your own judgement.
Har qanday feedback ham to’g’ri bo’lavermaydi. O’zingizni fikringizdan foydalaning. Agar sizga to’g’ri deb bilmasangiz, xushmuomalalik bilan eshiting va yo’lingizda davom eting.
Appreciation!
Va albatta minnatdorchilik bildirishni unutmang 🙂
Kanalda junior/mid professionallar ko’p deb bilaman. Shuning uchun faqat feedback eshitish haqida yozdim. Agar qanday feedback berish ham qiziq bo’lsa comments sectionda yozing — o’ylab ko’raman.
P.s. Kimdur menga feedback o’zbekchada nima bo’lishini aytsin!!!