Interviewerni o’ylantiruvchi savollar

01 Aug 2023

Mendan interview borasida maslahat so’raganlarga har doim shu gapni aytaman: Interview ohirida albatta savollaringizni so’rang.

Iye, Vohid, qanaqa savol? Menga ish bersa men shunga xursandmanku — deb o’ylasangiz adashasiz, o’zingizni past baholaysiz. Sizga ish qanchalik kerak bo’lsa, kompaniyaga shu ish o’rnini yaxshi mutahassis (siz!!!) bilan to’ldirish shunchalik kerak. Interview hech qachon bir taraflama bo’lmasligi kerak.

Noto’g’ri joyga ishga kirib 3 oydan keyin ketgandan ko’ra siz reject berganingiz maqulroq. Hop qanday savollar so’rash kerak? — Interviewerni o’ylantiruvchi savollarni 🙂

Bunday savollar quyidagicha:

— Nega bu kompaniyada ishlaysiz? Yoki bu kompaniyani nima taraflari sizga yoqadi?
— Kompaniyani sizga uncha yoqmaydigan taraflari nima?
— Bu yerda karyerni o’sish (promotion process) yaxshi belgilab qo’yilganmi?
— Men topshirayotgan ish roli yangimi yoki biror odam o'rniga kelyapmanmi?
— Agar biror kishi o’rniga kelayotgan bo’lsam, u odam hozirda qayerda va nima ish qilyapti?
— Proyekt aktiv developmentdami yoki maintenancedami?
— Aktiv developmentda bo’lsa, keyingi 6 oy ichida qanday featurelar plan qilingan?

— va boshqa sizni qiziqtirgan savollar.

Bu savollar kompaniya, kollektiv, proyektlar va ish tarzi haqida ko’p narsani yuzaga chiqarib beradi. Hech qaysi kompaniya “perfect” bo’lmagani sababli bu savollar interviewerni albatta o’ylantiradi. Bundan keyin sizga boshqacha ko’z bilan qarashadi chunki siz bu savollarni so’rab quyidagi xislatlarni ko’rsatdingiz:

— siz interviewga tayyorlanib keldingiz
— siz jiddiy kandidatsiz

— siz duch kelgan ishga ko’nib ketavermaysiz

P.s. Tepadagi savollarni muloyimlik bilan va professional ohangda so’rang 🙂

Omad!