Google bo'ydoqlar uchun mazza joy!
27 Jul 2023
Fortunately yoki unfortunately, meni ish kunlarim dam olish kunlarimdan ancha qiziq o’tadi. Bazida yakshanba kuni dushanbani sog’inaman. Sal g’alati-a?
Nega?
Uch mahal sog’lom ovqat. Ertalab nonushtaga kelaman, ishlayman, tushlik va kofe, ishlayman, va kechgi ovqat. Dam olish kunlari esa ovqat pishirish kerak yoki ko’chadan ovqatlanish kerak.
Sport va har xil hobbilar uchun qulayliklar. Ofisda sport zal, cho’milish xonasi, valleybol/basketbol maydoni, futbol maydoni, stol tennis, billiard, musiqa xonasi, va hokazo qulayliklar bor. O’zim stol tennis, futbol va valleybol bilan ko’p shug’illanaman.
Jamiyat. Tepadagi sport va hobbilarni birga qilgani sizga o’xshagan sportsevar va aktiv Googlerlar bir talay. Nemis tilini bilmaganimgami yoki o’zim xoxlamaganimga, Googledan tashqari tanishlar kam.
Meaningful work. Googleda hozirda men uchun juda qiziq bo’lgan proyekt ustida ishlayapman. Challenge bor. Afsuski hozirda ishdan tashqari o’zimni proyektim yo’q (bu kanalda postlar yozib turishni xisobga olmaganda). Shu sababli dam olish kunlarim sal zerikarli o’tadi.
Keyingi maqsad: ishdan keyingi soatlarni va dam olish kunlarini yanada manoli, mazmunli, va qiziqarli qilish 🙂