Work & life balance
26 Jul 2023
Bir paytlar men 2-3ta proyektda parallel ishlar edim. Yaxshigina pul topar edim, lekin ishim kunlik vaqtimni hammasini olib qo’yar edi — eat, work, sleep, repeat. Undanam eng yomoni bu context switch. Bir proyekt tasklaridan ikkinchisiga o’tish katta mental energiya talab qiladi. Notug’ri tushunmangalar, menga ishim juda yoqardi. Yoqqani uchun ham shuncha ko’p ishlar edim.
Bir kuni o’ylab qoldim: To’xta, shuncha ishlayapman. Nega? Albatta yaxshi yashashim uchun. Lekin, faqat ishlayapmanku, pachti yashamayapmanku?! Yaxshi yashagani pulim borku, lekin yaxshi yashagani vaqtim yo’q. Bunday davom etib bo’lmaydi…
Juda ko’p tanishlar va yaqin o’rtoqlarim (ayniqsa O’zbekistonda) juda ko’p ishlashadi. Zo’r daromad qilishadi, lekin kunlarini katta qismi ish bilan o’tadi. Bu narsa afsuski uzoqqa yaramaydi — unsustainable. Ertami kechmi yoki burnout bo’lasiz yoki sog’ligizda muammolar bo’lishni boshlaydi. Bu nafaqat 2-3ta ishda ishlayotganlar uchun taluqli. Bazi ishlarda 10-12 soatlab ishlashni talab qilishadi — u yerdan darxol keting.
Hop, men bunga qanday yechim topdim? O’zimga maqsad qo’ydim: 1ta ishda 8 soat ishlab 2ta ishni maoshini olish. Shunda hayotdan lazzatlangani ham vaqtim bo’ladi.
Niyat ko’proq daromad qilish bo’lsa, 2chi ish olib buni xal qilmang. Hozirda ishlayotgan 8 soatingiz uchun 2x oylik darajasiga chiqishni maqsad qiling. Bu qanday amalga oshirish esa boshqa masala 🙂