Googlega ishga topshirish jarayoni qanday o'tadi?

20 Jul 2023

Bu jarayonni yaxshi tushunish uchun avval undagi har bir ishtirokchi vazifalari bilan tanishib olish kerak.

Candidate. Bu albatta siz bo’lasiz. Sizni vazifangiz interviewlarga tayyorlanish, vaqtida interviewga qatnashish, va interviewlarni yorib chiqish.

Recruiter. Recruiter bu sizni do’stingiz bo’lib jarayonni boshidan ohirigacha siz bilan bo’ladi. Uni vazifasi sizni maqsadlaringizdan kelib chiqib to’g’ri levelga va to’g’ri positionga topshirishda hamma foydali maslahatlar va materiallarni berish.

Recruiting coordinator. Recruiterni yordamchisi bo’lib administrativ ishlarni qiladi (calendar invitations, background checks, va hokazo).

Interviewer. Interviewerlarni hammasi oddiy Googlerlar (men ham interview qilsam bo’ladi). Ularni asosiy ishi interview qilish emas! Interviewlarda qatnashish Googlerlar uchun community contribution hisoblanada - yani (Google) jamiyatiga hissa qo’shish. Ularga siz ishga olinasimi olinmaysimi uncha qiziq emas. Siz bilan 1 soat interview qiladi, feedback yozadi, va siz haqingizda qaytib o’ylamaydi.

Google champion. Bu ham oddiy Googler. Ko’p xolatlardi o’zi ham yaqinda Googlega kirgan odam. Sizda bo’lgan har qanday savol va tashvishlaringizni betashvish so’rasa bo’ladigan insider odam. Betashvish chunki u sizni baholamaydi.

Hiring committee. Siz haqingizda to’plangan barcha malumot va interview feedbackni ko’rib chiqib offer berish yoki bermaslikmi hal qiladigan odamlar.

  1. Referral [optional]. Googlerdan referral olasiz. Sizga referral link keladi.

  2. Application. Referral link yoki usiz careers.google.com saytidan sizga yoqqan ishga topshirasiz.

  3. First recruiter call. Arizangizni ko’rib chiqib sizga qaytib chiqishadi. Agar siz bilan davom etishmoqchi bo’lishsa recruiter sizni suxbatga taklif qiladi. Suxbatda recruiter sizni backgroundiz va karyera maqsadlariz bilan tanishib chiqadi. Bemalol savollaringizni so’rasangiz bo’ladi. Bu yerda texnik savollar bo’lmaydi. Qachon interview qila olishingizni albatta so’raydi.

  4. Phone screen interview. Keyingi bosqich bu Phone Screen Interview. Bu texnik interview bo’lib jarayondagi kattagina filter xisoblanadi. Aynan shu yerda “Bu candidateni yaxshilab interview qilishga arzidimi yoki yo’q?” degan savolga javob olishadi.

  5. Google champion call [optional]. Agar Phone Screen Interviewdan o’tgan bo’lsangiz tabriklayman. Lekin oldinda onsite interviewlar turibdi. Bitta emas, balki kamida 4ta interview. Onsite interviewlardan oldin Google Champion meeting ham qo’yishi mumkin. Bu meetingda interview jarayoni va Googledagi ish haqida har qanday savollaringizni so’rashingiz mumkin.

  6. Onsite interviews. Onsite interviewlar yoki bir kunda ketma-ket bo’ladi yoki ketma-ket 2 kunga bo’linadi. Bu yerda sizni xoxishingizga qarashadi. Maslahatim 1 kunda qilgan yaxshi.

  7. Waiting. Keyingi 1-2 hafta ichida recruiter interviewlardan barcha feedbackni yeg’ib hiring committeega jo’natadi. U yerdan 3 xil javob kelishi mumkin: — feedback yetarli: accept — feedback yetarli: reject — feedback yetarli emas: qo’shimcha interviewlar (6-boshqichga qaytasiz)

  8. Team matching calls. Accept degani juda yaxshi yangilik. Bu 95% offer olish imkoniyati bor degani. Lekin sizga offer berishlaridan oldin, sizga Googledan komanda topish kerak. Usha paytda qaysi komanda yangi ishchiga muxtojligiga qarab siz va komanda bilan team matching qo’ng’iroqlar qo’yiladi. Team matching qo’ng’iroqlarida odatda managerlar va team leadlar qatnashadi. Bu meetingda sizdan texnik savollar so’rashmaydi. Asosiy maqsad siz va komand o’rtasidagi tanishuv.

  9. Salary negotiations. Agar siz biror komandaga (recruiter orqali) roziman desangiz va o’sha komanda ham rozi bo’lsa — sizga official offer berishadi. Oylikni kelishib olganlaringdan keyin contractni qabul qilasiz.

  10. Googlega xush kelibsiz! Shu videoni bir ko’rib yuboring.