Quiz modeda dasturlashni o’rganish
15 Jul 2023
Quiz mode Yohud, har qanday dasturlash tilini o’rganishni samarali va maroqli yo’li.
2015 yilda 3-4ta bollar bilan Sun Certified Java Programmer (SCJP) certificationga tayyorlanganmiz. Ancha mehnat qilganmiz, lekin katta foyda bergan narsa bu quiz modeda tayyorlanganimiz bo’lgan.
SCJP degan private Telegram gruppa ochib, u yerda bir birimizni test qilardik. Java kod yozib gruppaga junatardik va hamma u kodni compile qilmasdan javobini topishga harakat qilardi. Ohirida compile/run qilib, javoblarimizni tekshirardik. Ko’p xolatlardu bu chuqur foydali munozara/muhokamalarga olib borardi. Har safar biror foydali narsa o’rganar edik. O’rganish jarayoni hazil-xuzullar bilan ancha maroqli bo’lardi.
Shu 3-4 oy davom etgan va natijada hammamiz tirik human compilerga aylanganmiz va SCJP dan o’tish eeeeeeazy bo’lgan 😎
Huddi shu uslubda o’rtog’im Muhammadali Toshpulatov bilan rxjs (observable pattern) o’rganganmiz. Agar sizda ham shunday o’rtoqlar bo’lsa quiz modeni ishlatib ko’ringlar — foydasi katta bo’ladi 💡