Nega FAANG algo interview qiladi?
15 Jun 2023
Ko’p FAANG kompaniyalari technical rollarga ishchilar yollashda asosan algoritmik interviewlardan foydalanishadi. Lekin nima uchun? Oylab tayyorgarlik ko’rib, interviewlardan muaffaqiyatli o’tib, har kunlik ishga kelganda shu bilimlarni ishlatmaslik sal g’alati.
To’g’risini aytsam o’zim ham shu processdan o’tib, Googleda 1 yildan ziyod ishlayotgan bo’lsamda bu savolga hozirgacha to’liq javob berolmas ekanman.
Shu sababli, ozgina research qildim va quyidagi asosiy sabablarni topdim:
Fast. Algo interviewlar tez. 1 soat ichida 2ta savol so’rab kandidatdan yetarlicha signallar olsa bo’ladi. Onsite algo interview uchun bitta whiteboard kerak bo’ladi xolos (online uchun - Google docs). Kod compile bo’lishi ham shart emas.
Scalable. FAANG har xil tech profesionallarni ishga oladi: Frontend, Backend, Database, Game, Embedded, QA, Security, va hokazo. Ularni har biri uchun custom interview qilish katta muammo yaratadi. Algo interviewlar esa one-size-fits-all approach bo’lib shu muammoni xal qiladi. Shu sababli algo interviewlarni katta masshtabda tashkillashtirish kompaniya uchun oson va qulay.
Reliable. Algo interviewlar yetarlicha ishonchli va haqiqiy ishdagi performance bilan katta korrelyatsiyaga ega (Google buni research qilgan). Perfect bo’lmasa ham it does the job. Katta kompaniyalar ma’lum bir miqdordagi xatoliklarga ko’z yuma oladi.
Shunday ekan, problem solving qilishda davom eting va siz yutasiz 💪