UML diagramma seni tog'angmas!

06 Jun 2023

UML diagram

“Talk is cheap, show me the code” degan gapni ko’pchiligimiz eshitgan bo’lsak kerak. “Talk is cheap, show me the UML diagram” nichi?

Albatta eshitmagansilar, chunki hozir o’ylab topdim 😁

Universitetda bir module darslarida faqat UML diagramma chizdirardi. O’lgudek yomon ko’rardim. Chunki u paytda menga kod yozish ko’proq qiziq edi - public static void main String args bo’lsa bo’lgani edi 👨‍💻

Hech tushunmasdim shu diagrammalarni foydasini. Ahir bilamizku qanday proyekt qurish kerakligini. Nima keragi bor qutilar yaratib ularni bir-biriga strelkalar bilan bog’lashni?

Agar sizda ham shunday savollar bo’lsa, demak siz hali katta proyektlar bilan ishlab ko’rmabsiz yoki katta proyektda hali ham kichik ishlar qilib yuribsiz. Ko’p componentli sistemalarda katta o’zgartirishlar muammoga balandroqdan qarashni talab qiladi.

Katta o’zgarishlar bir nechta odamlar orasidagi muhokamalar orqali qilinadi. Shu muhokamalar oson va qulay bo’lishi uchun bizga UML diagrammalar kerak 💡