Naive optimism
04 Jun 2023
Kecha bir qiziq narsa o’rgandim — naive optimism. O’zbekchaga tarjima qilganda, sodda/go’l optimizm bo’lar ekan.
Odam qancha tajribasiz va go’l bo’lsa, u biror ishga qo’l urganda tajribali va ko’pni ko’rgan odamga nisbatan o’sha ishga ancha ko’proq optimizm bilan yondashar ekan. Tajribali odam biror idea uxshamasligini bir qancha sabablarini bilgani va boshidan kechirgani uchun, u ishni boshlamasdan yengilishi extimoligi ko’proq ekan.
Ishni boshlamasdan yengilishdan yomoni bo’lmasa kerak deb o’ylayman. Chunki bir marta bir narsa uxshamadi degani keyingi safar xam shunday bo’ladi degani emas.
Agar siz student yoki o’qishni endi bitirgan bo’lsangiz, bilingki sizni boshqa anchagina yetilib qolgan odamlarga nisbatan katta ustinligiz bor — siz axmoqsiz va sizda buyuk ishlarga bilmasdan qo’l urib qo’yish uchun naive optimizm bor.
Qani edi, men ham axmoq bo’lsam 😄
Mark Rober Address to MIT Class of 2023: YouTube link