Kunlik ishingizni buzuq xolatda yakunlang
10 May 2023
Yaqinda bir qiziqarli article o’qib qoldim. Unda aytishicha kunlik ishni yakunlashni samarali yo’li bu ishni buzilgan lekin tuzatish oson xolatda yakunlash. Shu orqali keyingi safargi ishni boshlab olish ancha oson va tez kechadi.
Nega buzilgan? Buzilgan xolatdagi ishni boshlash tezroq kechadi. Ishga o’tirishiz bilan o’sha buzilgan narsani tuzatishga tez kirishib ketasiz.
Nega tuzatish oson? Tuzatish oson ish bo’lsa uni osonlik bilan qilib “qizib” olasiz va keyingi ishlarga qo’l urishga o’zingizga bo’lgan ishonch/motivatsiya oshadi.
Bularni hammasi ish oqimi konseptiga borib taqaladi. Inglizchasiga “being in the flow” yoki “getting into the flow” deb ko’p aytiladi.
Masalan, soat 18:00 bo’lda va ishni yakunlash vaqti keldi.
1) Siz bir PR uchun code va testlarni yozib bo’ldingiz. PR yaratish qoldi xolos.
2) Siz bir PR uchun kod yozyapsiz. Bir funksiyani yozishga keldingiz.
Agar siz tepadagi strategiyani qo’llasangiz, 1-xolatda PR yaratishni va 2-xolatda funksiyani logikasini yozishni keyingi safarga qoldirasiz.
Bu har kuni 1 marta qilinadigan narsa emas. Har safar ishdan boshqa narsaga uzoq muddatga chalg’iganizda (masalan tushlikga chiqishdan oldin) qilsangiz bo’ladi.