Role modellar nega kerak?

05 May 2023

Yaqinda Darhonbek bilan role modellar haqida gaplashib qoldik. Ko’rinishidan Darhonbek gymni kanda qilmayapti va anchagina muscle ham yeg’ib qo’yipti 💪 (tuf-tuf ko’z tegmasin)

Darhonbekni role modeli Pavel Durov ekan. Faqat body buildingdami yoki boshqa taraflama hammi aniq bilmadim. Nima bo’lganda ham bu juda yaxshi narsa. Nega?

Odam o’z oldiga bir maqsad qo’yganda, uni yoniga shu maqsadga yetishgan odamni role model qilib qo’yishi maqsaqga yetishish yo’lidagi qiyinchiliklarni osonroq va zavqliroq qiladi. Nega?

Javob — visualization.

Deylik siz professional futbolist bo’lmoqchisiz. Siz bunday darajaga chiqishingiz uchun ko’p mexnat qilishingiz kerak. Shunday og’ir mehnatni yillar davomida qilish uchun juda katta motivation kerak. Motivation asosan visualization orqali xosil bo’ladi. Siz hozirda A nuqtadasiz va B nuqtani orzu qilasiz. B nuqtaga yetganingizdagi rag’batlarga (xurmat, pul, kuch, va hokazo) yetishishni visualize qilasiz.

Lekin muammo shundaki, “professional futbolist” ancha keng idea bo’lgani tufayli uni visualize qilish qiyin. O’zingizni Messini o’rniga qo’yishingiz ancha osson. Shu sababli role modellar juda foydali 💡