FAANGga qaysi yo’nalish yaxshi?

24 Feb 2023

Shu savolni mendan tez-tez so’rab turishadi. Men uchun bu savol sal g’alati tuyiladi. Har safar shu savolni eshitganimda ichimda bir narsa o’ladi.

Chunki hamma dasturlash yo’nalishi bilan FAANGga kirsa bo’ladi. Bunday kompaniyalar shunchalik kattaligidan deyarli hamma yo’nalish bo’yicha talantlarni ishga oladi. Men hozirgacha Googleda quyidagi xildagi dasturchilarni ko’rdim va hammalari muvaffaqiyatli ishlashyapti:

  1. Frontend Engineer
  2. Backend Engineer
  3. Embedded Engineer
  4. Gaming Engineer
  5. Security Engineer
  6. Android Engineer
  7. iOS Engineer
  8. QA Engineer
  9. QA Automation Engineer
  10. Site Reliability Engineer
  11. va hokazo

Yaxshiroq va foydaliroq savol: “XXX Engineer bo’lib qanday FAANGga ishga kirsa bo’ladi?”

Tushunaman nega yosh dasturchilar shu savolni berishadi. Befoyda narsa o’rganib yurmayin deb qo’rqishadi. Qo’rqmang, hamma bilimlarni o’rni bor va dasturlash soxasi ichida ekansiz bilimlaringiz befoydaga chiqib qolmaydi.

Qisqasi, lyubaya yo’nalish xarasha 🙂