Birovni oyligini so’rash qoidalari
13 Feb 2023
Bugun sizlar bilan begonalardan qancha oylik olishini so’rash odob-axloqini o’rganamiz. Kettik!
Birinchi qoida: Hech qachon begonalarni qancha oylik olishini so’ramang!
Ikkinchi qoida: Birinchi qoidani ko’ring.
Nega begonalardan oyligini so’rab bo’lmaydi?
Qisqa javob: Odamlar oyliklariga qarab baholanishni xoxlashmaydi.
Uzun javob: Ikkita notanish odamlarni bir-biriga beradigan ilk savollari juda muhim hisoblanadi. Bir-ikki savoldan keyin oylikni so’rash bu juda katta red sign 🛑 Oylik so’rash degani siz o’sha odamni qancha oylik olishiga qarab muomala qilmoqchisiz.
Shaxsan mendan so’rashsa, o’sha joyda men va o’sha odam o’rtasidagi aloqa tugadi.
Kelinglar tepadagi savolni sal o’zgartiramiz. Qanday qilib tanishlardan oyligini so’rasa bo’ladi?
Do’stlar va tanishlardan oyligini so’rasa bo’ladi. Lekin o’shanda ham aniq bir sabab bilan so’rash kerak va har doim “range”da so’rash kerak.
Masalan: “Salom Sardorbek. Men sizni kompaniyangizga ishga topshirmoqchi edim. Iloji bo’lsa meni darajamdagilarga qancha atrofida oylik berishini aytib berolasimi?”
Aytgancha, agar kompaniyalar qancha oylik berishini bilmoqchi bo’lsangiz levels.fyi va shunga o’xshash websitelardan foydalansangiz bo’ladi.