Kompaniyani o'zgartirish yoki kompaniyani o'zgartirish
06 Feb 2023
Agar ishlayotgan kompaniyangiz sizni qoniqtirmayotgan bo’lsa sizda har doim 2ta yo’l bor:
- Kompaniyani o’zgartirish.
- Kompaniyani o’zgartirish.
Kompaniyani o’zgartirish. Bu yerda kompaniyadagi sizga yoqmaydigan narsalarni o’zgartirish haqida gap keytapti. Masalan, sizga meetinglar ko’pligi, TDD yo’qligi, yoki coding best practicelarga amal qilinmasligi yoqmasa, siz shu mavzularni komandada ko’tarsangiz bo’ladi.
Initsiativa ko’rsatib siz xoxlagan o’sha o’zgarishlarga boshchilik qilsangiz bo’ladi. Bu sizdan ko’p ish talab qiladi, lekin shubhasiz sizni karyerangizni o’stiradi. Shu mavzu bo’yicha bir qizir article: Change your organization.
Kompaniyani o’zgartirish. Agar tepadagi ishni qilishni xoxlamasangiz yoki o’zgartirishni iloji bo’lmagan bo’lsa, siz boshqa kompaniyaga o’tganingiz maqul.