Universitetda o’qish kerakmi? Diplom kerakmi?

03 Feb 2023

University graduates

Savol: Universitetda o’qish kerakmi?

Qisqa javob: Ha (iloji bo’lsa).

Westminsterni Business Information Systems fakulteti men uchun yetarli emasligini 1chi kursda tushunib yetganman. Meni notug’ri tushunmang. Menga BIS juda yoqgan va shubhasiz abutirentlarga tavsiya qilaman. Westminsterda fakultetlar sizga hamma kerakli Software Engineering bilimlarni berish uchun design qilinmagan.

Shu sababli 2- va 3-kursda universitetga juda kam borar edim. Faqat imhixonlarga va muhim leksiyalarga kelardim. 90% kursdoshlarim meni borligimni ham bilishmasdi.

Hop, unda universitetda o’qishni nima keragi bor? Nima keragi bor millionlar to’lashni agar ular yetarlicha bilim bermasa?

Javob: Networking.

Networking

Eng kuchli networklar (tanishlar) universitet davomida quriladi. 4 yil bitta campusda, bitta kafeteriyada, bitta kutib xonada, bir xil kursavoylar, va bir xil muammolar ostida hattoki ikkita dushmanlar ham yaqin do’st bo’lib ketishadi. Konferensiyalarga borib yoki LinkedIn orqali networking qilishingiz mumkin, lekin ular universitetdagi kursdoshlarizdaqa yaqin bo’lmaydi.

Universitetdan keyin shu kursdoshlar sizga ish topishda va karyerangizdagi boshqa muammolarni hal qilishda katta rol o’ynashadi. Balki, ulardan biri siz bilan keyingi milliard dollarlik startupni qurishda co-founder bo’lar.

Nafaqat kursdoshlaringiz, balki o’qituvchilar va professorlar ham yaxshi networklar bo’lishadi. Agar keyinchalik niyatingiz Master’s yoki PhD qilish bo’lsa, bu odamlar siz uchun yanada muxim xisoblanadi. Yana, bazi o’qtivuchilar va professorlar akademiyadan tashqari qayerdadir ishlashadi va keyinchalik sizga ish topishda katta yordam bo’lishi mumkin (masalan, referral berishi mumkin).

Savol: Diplom kerakmi?

Qisqa javob: Chet elda magistratura yoki karyera qilmoqchi bo’lsangiz diplom kerak bo’ladi.

Diplom

Ko’pchilik diplom kerak emas, o’qishdan keyin hech kim so’ramaydi, changib yotadi deyishadi. Bular hammasi qisman to’g’ri lekin practical tarafdan qaraganda bakalavr diplomi karyerangiz davomida kerak bo’lishi extimoli kattagina.

O’zimdan gapiradigan bo’lsam, diplomim menga kamida 3 marta kerak bo’lgan: magistratura uchun, Gollandiyaga visa olish uchun, va Germaniyaga visa olish uchun. Etibor bering “visa” olish uchun, job offer olish uchun emas. Ko’p Yevropa davlatlari ishchi visasi uchun bakalvr diplomi so’rashadi.