Office vs Home office

20 Jan 2023

Office vs Home Office

O’zbekistondagi karyeramni ko’p qismini home ofisda o’tkazganman va menga bu narsa juda yoqar edi. Uzimni juda samarali va erkin his qilardim. Har kuni ofisga boradigan tanishlarimga sal achinib ham qarardim.

2020-yilni ohiriga kelib home officedan zerikdim va officega borib ishlashni xoxlab qoldim. Menga hamkasblar bilan yuzma-yuz bo’lib ishlash yetishmayotgandi va uyni ishdan ajratish vaqti kelgan edi. O’sha paytda ham katta komandada ishlar edim, lekin bir birimiz bilan faqat video qo’g’iroqda muloqot qilar edik va afsuski ko’pchilik camerasini o’chirib gaplashar edi.

Hozirda Google ishchilariga haftada 2 kun uydan ishlashga ruxsat beradi. Men hozirda asosan ofisdan ishlayman va 2 haftada bir uyda qolaman. Menga bunday ish tarzi juda yoqadi.

Davralarda shu mavzu ko’p o’rtaga tashlanadi: Office vs Home office. Yani, uydan turib ishlagan yaxshimi yoki ofisdan. Albatta bu savolga bir to’g’ri javob yo’q chunki hammada har xil prioritetlar va har xil sharoitlar.

Kelinglar bugun shu mavzuni har xil jihatlari haqida gaplashamiz. Ohirida o’zingizga xulosani qilib olaverasiz. Kettik ⬇️

Randomness.

Randomness

Home ofisda kunlik ishda deyarli randomness yo’q. Yani, har kungi voqealar deyarli bir xil: standup, ish, tushlik, bir-ikki meetinglar, yana ozgina ish, va tamom.

Ofisda esa boshqacha. Ishni orasida sheriklar bilan kofe yoki choy ichasiz. Ish davomida siz bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlamaydigan odamlarga duch kelasiz. O’tganni o’rog’ini olasiz, ketganni ketmonini.

Nega ishda randomness muhim? Agar ish tarzingizda yetarlicha randomness bo’lmasa, tez orada ishdan zerikasiz va hattoki burnout ham bo’lishingiz mumkin. Fight Club kinosini ko’rganmisiz?

Productivity.

Productivity

Ish unumdorligi albatta home officeda ancha baland. Chalg’ish juda kam bo’lgani uchun katta konsentrasiya bilan ko’proq ish qilasiz.

Lekin, bu har doim ham to’gri emas. Kimdurlar uchun ofisdan ishlash unumdorliroq bo’lishi mumkin. Masalan, men moshinalarga software yozganim uchun menga officedagi hardware va test moshinalar bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlash kerak. Uydan ishlashni iloji bo’lsada, ishim officeda oson va tez yuradi.

Commute.

Commute

Ishga qatnashni hisobga olsak, uydan ishlash ancha qulay. Transportga pul va vaqt sarflamaysiz va maykada standupni boshlab yuboraversiz (kamerani yoqmasangiz bo’lgani).

Lekin, bu narsani ham yomon tarafi bor: randomness kamayadi. Har kuni jamoat transportida yoki moshinada har xil vaziyatlarga uchraysiz va bu narsa kuningizni boyitadi.

Networking.

Netowkring

Tabiyki, uyda networking nolga teng. Aslida, o’zingiz tashabbus ko’rsatmasangiz ofisda ham networking o’zidan o’zi bo’lmaydi. Har kuni ishga kelib hech kim bilan gaplashmay qaytib ketadiganlar talaygina.

Komfort zonangizdan chiqib odamlar bilan gaplashish kerak bo’ladi. Balki, bu haqida yana batafsil gaplasharmiz.

Communication.

Communication

Communication officeda ancha yaxshiroq.

Masalan, menda savol tug’ilganda ofisda darxol javob olaman — hamma kollegalarim mendan 5 metr radiusda o’tirishadi. Uydan ishlaganimda esa, ularga yozish kerak, qachon o’qib javob berishini kutish kerak. Agar uzoq muxokama bo’lsa, undanda qiyin — meeting uchun calendar event junatish kerak.

Work-life separation.

Work-life separation

Traditsional officeda ishni hayotdan ajratish oson. Ishingizni uyingizga olib kelmasangiz bo’lgani.

Uyda esa oson emas — o’zingizga maxsus tartib o’rnatishingiz kerak. Masalan, qat’iy ish tartibiga amal qilish va ish uchun aloxida xona ajratish kerak bo’ladi.