Investmentlar haqida gaplashamiz!

11 Jan 2023

Investment

Bugun sizlar bilan investmentlar haqida gaplashamiz. Bitcoin yoki Dogecoinga qilinadigan investment haqida emas. Balki, o’zingizga bo’lgan investment haqida.

Qisqa qilib aytganda, o’zingizni yaxshilash uchun sarflangan har bir sekund va har bir so’m bu kelajagingizga qilingan investment xisoblanadi. Bu investmentlar har-xil ko’rinishda va har-xil masshtabda bo’lishi mumkin. Masalan, quyidagilar men bilgan va qilgan eng zo’r investmentlar:

- har kuni tishni yuvish va har 6-oyda tishni ko’rikdan o’tkazish
- uch maxal sog’lom ovqatlanish
- muntazam sport bilan shug’ullanish
- chet tillarini o’rganish
- sayohat qilish
- yaxshi do’stlar ortirish va ular bilan mazmunli vaqt o’tkazish
- ota-ona bilan ikki kunda bir gaplashib turish
- foydali kitoblar o’qish va ularni hayotda qo’llash
- bir soxani (masalan dasturlashni) muntazam o’rganish
- ishlash/o’rganish unumdorligini uchun kuchliroq kompyuter sotib olish
- yo’q deyishni o’rganish

- ha deyishni o’rganish

Hop. Bir o’tirib o’ylangchi, ohirgi 3 yilda qanday investment qildingiz? Xoxlasangiz comment sectionda biz bilan ham ulashing 🙂