Googleda tadqiqotchi bo’lib ham ishlasa bo’ladimi?

07 Jan 2023

Justin Gilmer

Googleda nafaqat Software Engineer, balki Researcher (taqdiqotchi) bo’lib ishlasa ham bo’ladi. Bunday odamlar asosan Machine Learning, Natural Language Processing (NLP), va Artificial Intelligence bilan shug’ullanishadi.

Aynan shu odamlar ML/AI soxasidagi asl yutuqlarni boshida yurishadi. Qisqa qilib aytganda, buttonni rangini o’zgartirish bilan shug’ullanishmaydi.

Justin Gilmer ismli Google Researcher yaqinda matematikada katta ish qilgan: 1979 yildan beri yechilmagan “union-closed sets” degan matematik farazni yechgan.

Shu odam bilan bir kompaniyada ishlaymiz (imposter syndrome intensifies 🥲)

Qiziqqanlar uchun mana link: https://www.quantamagazine.org/long-out-of-math-an-ai-programmer-cracks-a-pure-math-problem-20230103/