Imposter syndrome: unga qanday yondashish kerak?

04 Jan 2023

Imposter

Bugun imposter syndrome haqida gaplashamiz. Imposter syndrome bu qachon siz sheriklaringiz yoki hamkasblaringiz orasida o’zingizni “firibgar” yoki “qallop”-dek xis qilishingizdir. Bu xolat ko’proq sheriklaringiz sizdan ancha aqlli yoki sizdan ancha nufuzli o’qish/ishda ishlagan va siz o’zingizni ancha “pastda” deb bilganingizda xosil bo’ladi.

Masalan deylik, siz bir kompaniyaga ishga kirdingiz va u yerdagi ishchilar hammasi zo’r-zo’r universitetlarda va katta-katta proyektlarda qatnashishgan. Sizda esa eng zo’r proyekt bu CRUD application yoki Tic-tac-toe app. Siz ular bilan bir xil ish qilasiz, bir xil oylik olasiz, va boshlig’ingiz sizdan mamnun. Shu xolatda sizda imposter syndrome paydo bo’lishi mumkin.

Har bir dasturchi karyerasi davomida kamida bir marta imposter sundromeini o’zida xis qiladi. Imposter syndrome aslida uncha xavfli bo’lmasada, unga to’g’ri yondashilmasa jiddiy muammolarga olib borishi mumkin.

Solution

Hop, imposter syndrome bilan qanday kurashish kerak?

Birinchi bo’lib bir narsani tushuning: Har bir odamni kuchli va kuchsiz taraflari bo’ladi. Balki, siz competitive programmingda algoritm savollarini yecha olmassiz. Lekin, sizda haqiqiy proyektlar ustida ishlash tajribasi bor.

Ikkinchidan, jo’ja bilan tuxumni taqqoslamang. Siz taqqoslayotgan odam shu darajaga yetishish uchun qancha yil sarflagan? 2 yil? 5 yil? Siz tuxumsiz, yetarli vaqt o’tgach siz ham jo’ja bolasiz. Men har doim o’zimga quyidagini aytaman: Agar menham XXX narsani ustida YYY vaqt sarflaganimda, kamida sendek darajaga yetaman.

Uchunchidan, siz shu darajaga yetgan bo’lsangiz demak siz yetarlicha mexnat qilgansiz va shu darajaga arziysiz.