Resume yozish uchun maslahatlar!

02 Jan 2023

Basic resume tips

Ishga topshirayotganda nega resumega katta e’tibor berish kerak?

2021-yilda FAANGga topshirganimda resume ustida 3 haftadan ziyod ishlaganman. 2-3 kishidan feedback so’rab 4-5ta iteratsiyadan (qayta tahrirdan) o’tkazganman. Polish. Polish. And polish.

Nega? Qisqa javob: yaxshi resumesiz sizga interview yo’q, interviewsiz esa sizga ish yo’q. Monster dasturchi bo’lishingiz mumkin, lekin sizni interviewga chaqirishmasa, o’zingizni ko’rsata olmaysiz.

Keyingi mini-postlarda sizlar bilan muhim bo’lgan resume tiplar bilan ulashaman 🫡

Tip 1: No Rasm.

Resumelarda rasmlar umuman kerak emas. Birinchidan, ortiqcha joy oladi. Ikkinchidan, siz qanday ko’rinishingiz kompaniya va ish uchun ahamiyatsiz.

Tip 2: One sahifa.

Resumeingiz bir sahifadan iborat bo’lishi kerak. Odamlar Google search qilganda ikkinchi sahifaga o’tmagani kabi, rekruterlar ham ikkinchi sahifani o’qishmaydi. Aytishlaricha, rekruterlar resumeingiz ustida 0.5-2 minut vaqt sarflab yoki ag’li yoki bag’li qilishar ekan.

Tip 3: London is the capital of Great Britain. Grammatik xato qilmang.

Asli bir-ikkita grammatik hato resumeingizni o’qib tushungani xalal bermaydi. Lekin, har qanday grammatik hato resumeda juda xunuk ko’rinadi. Shunga biror kishiga tahlil qilish uchun bering. Siz ko’rmagan narsalarni boshqalar ko’rishadi.

Tip 4: No yolg’on.

Umuman yolg’on informatsiya yozmang. Yuzaga chiqib qolsa juda xunuk bo’ladi.

Tip 5: Oddiy so’zlar ishlating.

Oddiylikga nima yetsin. Qiyin so’zlar bilan rekruter va intervyuverlarni qiynamang. Qo’shimchasiga, “katta” gaplar resumeingizda ko’p joy oladi. “Singlehandedly facilitated the successful delivery of hundreds of food items to residents with great customer satisfaction” emas, “worked as pizza delivery man” deng.

Tip 6: No shaxsiy malumot.

Shaxsiy malumotlarni umuman yozmang: yosh, jins, bo’y, vazn, oilaviy xolat, din.

Tip 7: Pet proyektlar.

Agar beginner/junior dasturchi bo’lsangiz, pet proyektlaringizni yozishdan hech tortinmang. Karyerangizni bu bosqichida sizdan raketani marsga uchurish kutilmaydi.

Tip 8: Portfolio linklar.

Agar qilgan (pet) proyektlaringizga public link bo’lsa uni albatta resumeingizga qo’shing. Bu narsa sizni boshqalardan ajratib turadi.

Tepada berilgan tiplar basic xisoblanadi. Lekin, shularni to’g’ri qilsangiz, sizni resumeingiz 10x baravarga yaxshilanadi.

Advanced resume tips

“Iyee Vohid unaqamasda! Bizga advanced narsalarni bering” deysizmi? Ha mayli, qo’ymadinglar 🙂

Advanced resume tips

Resumelar ikki kategoriyaga bo’linadi: result-oriented tarzda yozilgan va result-oriented tarzda yozilmagan. Result-oriented resumelar fokusni natijaga qo’yadi.

Ming gapdan bitta misol yaxshi. Xayriyatki, umring uzoq bo’gur Uberchi Darhonbek bizga bitta emas bir qancha misollar yozib qoyibdi: https://github.com/darhonbek/resume_templates. FAANG va boshqa katta kompaniyalar uchun resume shunday tarzda yozilishi shart.