Googleda tualetlarda ham o’tirib zerikib qolmaysiz

31 Dec 2022

Testing on the toilet

Googleda tualetlarda ham o’tirib zerikib qolmaysiz. 2006-yildan beri minglab Google tualetlariga xizmat ko’rsatib kelayotgan Testing on the Toilet (TotT) proyekti sizga test yozish best practicelarni o’rgatadi.

Tepadagi rasmda ko’rganingizdek, har hafta TotTni yangi epizodini tualetlarga yopishtirib chiqishadi. Bu epizodlar juda qisqa va londa yozilgan (3 minutlik — ikkinchisiga kirsez o’qib ulgurasiz 😅). Men ham shu orqali testing haqida ko’p narsa o’rgandim.

Aytishlaricha, bu proyekt asli bir hazil bilan boshlangan ekan:

Googler A: You know what would be really funny?
Googler B: What?
Googler A: If we had coding best practices attached in the toilets haha
Googler B: lol

Googler C: Actually, that is not a bad idea you know!

Ha aytgancha, bu best practicelarni o’qish uchun Googleda ishlash shart emas: https://gerlacdt.github.io/posts/google-testing-toilet/