Gitni bilmasangiz, git out of here

30 Dec 2022

Git logo

Har bir dasturchi Gitni yaxshi bilishi kerak. Gitni bilmasangiz, git out of here 😝 Xazil. Gitni bilmasangiz, darxol uni o’rganing.

Gitda foydali va qiziqarli commandalar talaygina. Baxtimizga, hammasini bilishimiz shart emas. Masalan, men asosan quyidagi commandalar bilan ishlayman:

- git add [folder/file]
- git commit -m [message]
- git push
- git pull
- git checkout [branch]
- git stash
- git log

- git status

Va quyidagi commandalarni onda-sonda ishlatib turaman:

- git init
- git clone
- git rebase

- git bisect

Eng ohirgisi juda qiziq. git bisect commandasidan foydalangan xolda bug yaratilgan commitni osonlik bilan topishingiz mumkin. git bisect commandasi binary search ishlatgan xolda sog’lom revision va nosog’lom revision orasidan nosog’lom commitni topishga yordam beradi. Bu yerda batavsil o’qishingiz mumkin: https://stackoverflow.com/a/4714297/4971033.