Siz Software Engineersiz

28 Dec 2022

Fullstack vs Software Enginer meme

Mendan tez-tez so’rab turishadi: Vohid, o’zi sen qanaqa stackda ishlaysan? Bunga to’g’ri va qisqa javob beradigan bo’lsan: Men hozirda Android stackida ishlayman.

Lekin men o’zimni Android developer deb atashni avzal ko’rmayman. Men o’zimni qandaydir bir platformaga, texnologiyaga, yoki frameworkga bog’lashni yoqtirmayman. Men uchun muammo bu muammo. U backendda bo’ladimi yoki frontendda bo’ladimi — u ikkinchi masala. Dasturlash tillarini ham ikkilamchi masala deb o’ylayman.

Hozirgacha men har xil stacklarda ishlab kelganman: Frontend, Backend, Fullstack, Cross-Platform Mobile (Ionic & Apache Cordova), Desktop (Electron), Android. Ko’rib turibsizki, kallamni tiqmagan joyim qolmabdi 😅 (MLga ham qiziqaman)

Bu bilan silarga hamma stackni o’rganishni maslaxat berish emas. Balki, o’zingizni bir texnologiya yoki framework bilan chegaralamaslikni maslaxat berish. Siz Web developer yoki Mobile developer emassiz, siz Software Engineersiz 😎

FAANG kompaniyalari ham shu sababga ko’ra interviewlarda sizdan qandaydir stackdagi bilimingizni tekshirmaydi. Ularga siz muammoni yecha olishingiz va uni qanday yechishingiz muhim.