Backend bu aysberg (va undagi asosiy topiklar)

09 Dec 2022

Backend umuman olganda Software Engineeringni eng qiziq soxalaridan biri. Nega? — Chunki u juda ulkan! Okeandagi aysbergga o’xshaydi. Tepadan qaraganda uncha katta ko’rinmasada, ichkariga kalla tiqsangiz — 🤯

Xmm, Vohid, biz bundan xursand bo’lishimiz kerakmi yoki hafa bo’lishimiz kerakmi? 🤔 — Albatta, xursand bo’lishimiz kerak. Biz engineerlarmiz va engineering challengelarni sevamiz. Backend esa bunday challengelarga to’lib yotibdi 🤗

Backend shunday kattaligidan undagi har bir topikni o’zi anchagina yirik. Qani edi men sizlar bilan shu topiklarni hammasini muhokama qila olganimda. Afsuski, bu uchun Telegram postlar kichiklik qiladi. Umid qilaman kelajakda ko’proq backend topiklarni o’zimni blogimda yoki qandaydir YouTube kanalda yoritib beraman.

Ungacha, sizlar bilan professional backend dasturchilar bilishi kerak bo’lgan konsept/topiklar bilan ulashaman. Ularni chuqur o’rganish uchun resurslarni Google amakidan so’rasangiz bo’ladi. Kettik!⚡️

Umumiy topiklar:

  1. Dependency Injection (IoC)
  2. API & Interface
  3. OOP & Design patterns (Singleton, Builder, etc)
  4. Garbage Collection & Memory Leaks
  5. Abstraction & Encapsulation
  6. Threads & Processes
  7. Synchronization & Locks

Web topiklar:

  1. Auth types: Cookie-based, Token-based (JWT), & Basic Authentication
  2. Password Hashing & Salting
  3. Backend Architectures: MVC, MVVM, & MVP
  4. RESTful APIs
  5. Web Servers: Apache, Nginx, & Apache Tomcat
  6. Caching
  7. ORMs
  8. Microservices

DB topiklar:

  1. SQL Injection
  2. Relationships in RDBMS
  3. DB batch processing
  4. DB indexing
  5. Master/Slave Replication
  6. NoSQL Databases
  7. Transactions
  8. CAP theorem